Узбек O'zbek
Irving Losano «Napoli» bilan bitim imzolash uchun Italiyaga keldi
Chorshanba, 21 Avgust
2373

PSV yarimhimoyachisi Irving Losano tez orada «Napoli»ga o‘tadi.

Football Italia xabariga ko‘ra, 24 yoshli xavbek Italiyaga yetib kelgan. U Neapol klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzishi kutilyapti.

Transfer summasi 38 mln yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Eyndhoven klubi Irvingni 2017 yilda Meksikaning «Pachuka» jamoasidan sotib olgan. U ilk mavsumida Erediviziyada 17ta gol urib, PSVning chempionlikka erishishiga hissa qo‘shgan, o‘tgan mavsumda ham 17ta gol va 8ta golli uzatmaga muallif bo‘lgandi.

Meksikalik yulduz milliy jamoa safida 35ta o‘yin o‘tkazib, 9ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz