Узбек O'zbek
«Inter» Ikardi uchun 65 mln yevro to‘laydigan xaridor bilan kelishib qo‘ydi
Chorshanba, 21 Avgust
5248

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, Milan va Neapol klublari 65 mln yevrolik transfer ustida kelishuvga erishishgan.

Shunga qaramay, ta’kidlanishicha, Ikardi hamon «Yuventus»dan taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «neradzurri» Romelu Lukakuni sotib olgach, Mauroga tegishli bo‘lib kelgan 9-raqam unga berilgan edi.

Italiyada tranfer oynasi 2 sentyabr kuni yopiladi.

Avvalroq «Napoli» PSVdan yarimhimoyachi Irving Losanoni 38 mln yevroga sotib olayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz