Узбек O'zbek
«Barselona» Neymar taqdimotiga tayyorlanmoqda
Chorshanba, 21 Avgust
14386

Braziliyalik futbolchi Neymar «PSJ»dan «Barselona»ga qaytishga yaqin, deb xabar beradi Kataloniyaning eng yirik RAC1 radiosi.

Manba xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda oldinga sezilarli siljish kuzatilgan, ammo hali to‘liq kelishuv bo‘lgani yo‘q.

Kataloniya klubi muxlislarning talabini qondirish uchun allaqachon «Neymar» yozuvli futbolkalarga buyurtma bergan.

Futbolchi ham muxlislar uchun videomurojaat tayyorlashga ulgurgan, mazkur murojaat kelishuv tuzilganidan keyin e’lon qilinadi.

Ayni vaqtda Ispaniyaning yana bir klubi «Real» hamda Turinning «Yuventus» klubi ham Neymarga da’vogarlik qilib turibdi.

«Qaymoqranglilar» ham «PSJ» bilan muzokara olib bormoqda. Lekin parijliklar ham, futbolchining o‘zi ham transfer yoz oxirigacha amalga oshirilishini istaydi, ammo futbolchisini qo‘yib yuborishi uchun parijliklar klubi yetarli darajada taklif kutadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz