Узбек O'zbek
Azarning «Real»dagi ilk rasmiy o‘yini «Santyago Bernabeu»da o‘tishi mumkin
Chorshanba, 21 Avgust
3433

«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar 14 sentyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘ladigan «Levante»ga qarshi o‘yinda La Ligadagi debyutini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Vinger «Real»ning yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yiniga bir kun qolganda mashg‘ulotlar vaqtida o‘ng oyog‘i sonidan shikastlangan, uning safga qaytishi uchun 3-4 hafta vaqt kerak bo‘lishi aytilgandi.

Jarohat tufayli Eden «qaymoqranglilar»ning yangi mavsumning uchta o‘yinida yordam bera olmasligi aniq. Vigodagi o‘yindan keyin jamoa 2-turda «Valyadolid»ni qabul qiladi (24 avgust), so‘ng «Vilyarreal» mehmoni bo‘ladi. FIFA tanaffusidan keyin esa 14 sentyabr kuni «Levante» Madridda mehmon bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz