Узбек O'zbek
«Yuventus»ning asosiy yarimhimoyachilaridan biri Matyuidi Sarrining rejalarida yo‘q
Seshanba, 20 Avgust
1158

«Yuventus» yarimhimoyachisi Blez Matyuidi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishi mumkin.

RMC ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Mauritsio Sarri 32 yoshli futbolchini yangi mavsum rejalariga kiritmagan. U Blezdan ko‘ra Emre Jan, Miralem Pyanich va Sami Xedira kabi shogirdlariga ko‘proq umid bog‘lamoqda.

Matyuidining xizmatlariga «Monako», «Manchester Yunayted», «Everton» va «PSJ» klublarida qiziqish borligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik xavbek «Yuventus»ga 2017 yilda, «PSJ»dagi 6 yillik faoliyatidan so‘ng kelib qo‘shilgan edi.

Blez Matyuidi o‘tgan mavsumda A Seriyaning 31ta o‘yinida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz