Узбек O'zbek
Pogba –APL tarixidagi eng omadsiz penaltichilardan
Seshanba, 20 Avgust
4090

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi, APL 2-turidagi «Vulverhempton» bilan o‘yinda (1:1) o‘n bir metrlik nuqtadan gol ura olmagan Pol Pogba, statistikaga ko‘ra, Premer-liga tarixidagi eng omadsiz penalti ijrochilaridan biri sanaladi.

«Chempionat.com» ma’lumotiga ko‘ra, APL o‘yinlarida 10 va undan ko‘proq marotaba penalti tepgan futbolchilarning eng muvaffaqiyatsizlari orasida Pogba 6-o‘rinda turadi.

Pol Angliya chempionatida jami 11 marta o‘n bir metrlik nuqtadan zarba yo‘llab, ulardan 5tasida (36%) imkoniyatdan foydalana olmagan.

Bu borada birinchi o‘rin Xuan Pablo Anxelga tegishli, u 10ta penaltidan 5tasida adashgan (50%). Ikkinchi o‘rinda – Riyod Mahrez, u amalga oshirgan 12ta penaltidan faqat 7tasi golga aylangan (42%).

Eslatib o‘tamiz, Vulverhemptondagi kechagi o‘yindan keyin «Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill penaltini Markus Reshford emas, Pogba ijro etganiga e’tiroz bildirgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz