Узбек O'zbek
Peres Neymarni «Real» olib kelish fikrida qat’iy. U «Barselona»dan qasos olmoqchi
Seshanba, 20 Avgust
10131

«Real» prezidenti Florentino Peres o‘z klubiga «PSJ» hujumchisi Neymarni olib kelish fikrida qa’iy, bu haqda sport.es nashrida aytilmoqda.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 27 yoshli braziliyalik futbolchi kelishiga qarshi.

Peres Neymar 2013 yilda «Real»ga o‘tishga yaqin bo‘lgani, ammo so‘nggi pallada «Barselona» uni o‘ziga og‘dirishga muvaffaq bo‘lganini yaxshi eslaydi. Endi ispaniyalik funksioner katalonlardan o‘sha xarid uchun qasos olmoqchi.

2018/19 yilgi mavsumda Neymar parijliklar safida barcha turnirlar doirasida jami 28 o‘yinda maydonga tushib, 23 gol urdi v 13 golga uzatma berdi. Transfermarkt.de portali 180 million yevroga baholangan. Neymar 2013 yildan 2017 yilgacha «Barselona» safida o‘ynagan.

Bundan avvalroq, «Barselona» Neymarni keyinroq sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchiligi, ammo «PSJ» bunga rozi emasligi haqida xabar berilgandi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «Yuventus» «PSJ» bilan Neymar transferi bo‘yicha muzokara boshlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz