Узбек O'zbek
Nevill: «Nega Pogba penalti tepish huquqini Reshforddan olib qo‘ydi?»
Seshanba, 20 Avgust
5928

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill jamoa yarimhimoyachisi Pol Pogbaning APL 2-turidagi «Vulverhempton» bilan o‘yindagi harakatlarini qoraladi. Fransiyalik yulduz kechagi bahsda penalti tepish huquqini Markus Reshforddan olib, xatoga yo‘l qo‘ygan, natijada 1:1 hisobi o‘zgarmay qolgandi.

«Nega Pogba penalti tepish huquqini Reshforddan olib qo‘ydi? Bunaqa holatlarni yoqtirmayman. Albatta, ular maydonda penaltini kim tepishi masalasida kelishib olishdi, lekin men bunaqasini qabul qila olmayman.

Jamoada ikki nafar penaltist bo‘lishi kerakligini tushunaman, lekin ulardan biri asosiy, ikkinchisi almashib tepuvchi bo‘lishi lozim.

Pogba oxirgi 12 oy ichida 4 marta penaltida xato qildi. Shubhasiz, uning o‘ziga ishonchi yuqori va bundan keyin ham penalti tepishda davom etadi. Lekin o‘tgan hafta 11 metrlik nuqtadan to‘p kiritgan yigit bugun ham zarbani o‘zi ijro etishi kerak edi. Reshford o‘tgan hafta adashmagandi», – deya «Chelsi»ga qarshi o‘yinni nazarda tutib gapirdi Nevill.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz