Узбек O'zbek
Eriksen «Tottenhem»dan ketmoqchi, lekin u o‘tishni xohlayotgan klublar unga deyarli befarq
Seshanba, 20 Avgust
4967

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Kristian Eriksen klub rahbariyatiga keyingi yil yozida muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi ESPN.

Manbaga ko‘ra, Eriksen faoliyatini «Real», «Barselona» yoki «Yuventus»da davom ettirmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Kristian «Tottenhem»da qolishni xohlamayapti, klubdagilar esa bu yozda u bilan qanday yo‘l tutishga hayron. Boisi yuqorida aytilgan uchala klub ham Eriksenga jiddiy qiziqish bildirmayapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz