Узбек O'zbek
Mauro Ikardi «Monako» taklifiga javob qaytardi
Dushanba, 19 Avgust
4469

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi «Monako» klubi taklifiga rad javobini berdi.

Bu haqda uning agenti va rafiqasi Vanda Nara xabar berdi.

«Mauro «Monako»ga o‘tmaydi», – deya Naraning so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

Bungacha monegaskliklar «neradzurri»ga 26 yoshli futbolchi uchun 60-65 mln yevro to‘lashga tayyorligi haqida aytilgandi, xuddi shunday taklifni «Napoli» ham yo‘llagandi. «Monako»ga o‘tish Ikardi uchun moliyaviy jihatdan foydaliroq bo‘lishi kerak edi, chunki fransuz klubi futbolchiga yiliga 12 mln yevro maosh taklif qilgandi. Neapolliklar esa 7,5 mln yevro taklif qilishgan, bu qiymat bonuslar bilan birga 9,5 mln yevroga yetishi ko‘zda tutilgan. Hujumchiga, shuningdek, «Roma» ham qiziqish bildirgan.

Ikardi o‘tgan mavsumda «Inter» tarkibida 37ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz