Узбек O'zbek
Lukaku sobiq jamoadoshini «Inter»ga chorlamoqda
Dushanba, 19 Avgust
5693

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku «Manchester Yunayted» klubidagi sobiq jamoadoshi Aleksis Sanchesni Italiyaga chorlamoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi chililik to‘purar bilan bir jamoada to‘p tepishni istayapti va u bilan har kuni bu haqda yozishmoqda.

Avvalroq «Inter» Sanchesni 15 million yevroga to‘liq xarid qilish sharti bilan ijaraga olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» tarkibida barcha musobaqalarda 27ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz