Узбек O'zbek
Jahon futbolida yilning eng chiroyli goli aniqlanmoqda. Pushkash sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi
Dushanba, 19 Avgust
4894

FIFA rasmiy saytida yilning eng yaxshi golini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi.

Unda Ferens Pushkash nomidagi mukofot uchun quyidagi nominantlar ovozga qo‘yilgan: Mateus Kunya («RB Leypsig»), Zlatan Ibrahimovich («Los-Anjeles Gelaksi»), Lionel Messi («Barselona»), Xuan Kintero («River Pleyt»), Fabio Kualyarella («Sampdoriya»), Endros Taunsend («Kristal Pelas»), Daniel Jori («Debretsen»), Billi Simpson («Kliftonvill Ledis»), Emi Rodriges («Yuta Royalz»), Adjara Nchut (Kamerun terma jamoasi).

Ovoz berish jarayoni 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan uch futbolchi oxirgi bosqichga chiqadi, ular urgan gollar orasidan FIFA afsonalari eng chiroylisini tanlab oladi.

2018 yilda mukofot «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga nasib etgandi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA iyul oyi oxirida yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar o‘nligini e’lon qilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz