Узбек O'zbek
Zidan: Garet qoldi va yangi mavsum haqida o‘ylamoqda
Yakshanba, 18 Avgust
4870

«Real» bosh muraabbiyi Zinedin Zidan La Liganing  1-turida «Selta»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin uelslik yarimhimoyachi Garet Beylning ketish ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi. 

«O‘yindan oldin Beyl bilan gaplashdim, u qoladigan bo‘ldi. Hozir jamoadagi barcha futbolchilar faqat yangi mavsum haqida o‘ylashmoqda. 

Garet bugun yaxshi o‘ynadi, u va boshqalar juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Endi Beyl shunchaki yangi mavsumni o‘ylamoqda va o‘ynamoqda», – deya Zidanning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Dermot Korrigan.

Garet «Selta»ga qarshi o‘yinning 12-daqiqasida Karim Benzemani golli pas bilan ta’minladi.

Ispaniya chempionatining 2-turida «Real» «Valyadolid»ni qabul qiladi, «Selta» o‘z uyida «Valensiya» bilan uchrashadi. Ikki o‘yin ham 24 avgust kuniga belgilangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz