Узбек O'zbek
Ramos VAR va Modrichning chetlatilishiga munosabat bildirdi
Yakshanba, 18 Avgust
5740

«Real» sardori Serxio Ramos La Liganing 1-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi bahsdan so‘ng jamoadoshi Luka Modrichning maydondan chetlatilishi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi «Selta» xavbeki Denis Suaresga qilgan qo‘polligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Bosh hakam videotakrorlardan so‘ng qaror qabul qilgandi.

«Futbolni himoya qilish uchun qoidalar yaratilgani yaxshi. «Selta» bilan bo‘lgan bahsda bizga qarshi qaror qabul qilindi. Natijada bir o‘yinchini yo‘qotdik. O‘ylashimcha, Modrich bu harakatni qasddan qilmadi, ammo u kechikdi va hakamda shubha paydo bo‘ldi. Hakam assistentlari bilan suhbatlashdi va shu qarorga keldi. VAR bizga yordam berish uchun mavjud. Agar bu yechimlar futbolni himoya qilsa, yaxshi bo‘ladi», – Ramosning so‘zlarini keltiradi Sport.

Modrich «Real»da 2012 yildan beri o‘ynaydi. Uning «qaymoqranglilar» bilan tuzgan shartnomasi shu mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz