Узбек O'zbek
«Inter» Ikardi evaziga 65 mln yevro va A Seriya to‘purarlaridan birini olishi mumkin
Yakshanba, 18 Avgust
3951

«Napoli» transfer oynasi yopilgunicha «Inter» hujumchisi Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda.

Neapolliklar 26 yoshli argentinalik uchun 65 mln yevro va hujumchi Arkadiush Milikni taklif qilishga tayyorlanmoqda, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

Ikardining xizmatlariga qiziqish bildirayotgan yana bir klub «Yuventus» sanaladi. Bungacha Ikardi Turin klubiga o‘tish uchun «Roma» va «Napoli» takliflariga rad javobini bergandi.

«Inter» «MYU» hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olib, 9-raqamni unga berganidan keyin, Mauroning pozitsiyasi o‘zgargan va endi u «Yuventus»dan boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Ikardi «Inter» tarkibida jami 37ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Arkadiush Milik esa o‘tgan mavsum A Seriyaning 35ta turida 17ta gol urib, 3ta golga assistentlik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz