Узбек O'zbek
Levandovski: «Koutino «Bavariya»ga tezda moslashib ketsa kerak»
Yakshanba, 18 Avgust
2562

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski yarimhimoyachi Filippe Koutino Myunxenga kelgan taqdirda, klubning taktikasiga qiyinchiliksiz moslasha oladi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» «Barselona» bilan Koutinoni bir yilga ijaraga olish masalasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

«Men Koutinoga «Bavariya» va uning uslubiga moslashishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, deb o‘ylamayman. U yangi jamoaga tezda ko‘nikib ketadigan futbolchilardan», –deya Levandovskining so‘zlarini keltirdi Goal.

Filippe «Barsa» safiga 2018 yil yanvarida 145 mln yevro evaziga o‘tgan edi.

U «ko‘k-anorranglilar» tarkibida jami 76ta o‘yin o‘tkazib, 21ta gol va 11ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Yarimhimoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz