Узбек O'zbek
Koutino Myunxenga keldi. U «Bavariya»da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum
Yakshanba, 18 Avgust
7314

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino «Bavariya»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Myunxenga keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli xavbek yangi jamoasida 10-raqamda o‘ynaydi.

Nemislar bir yillik ijara uchun «Barsa»ga 8,5 mln yevro to‘lashgani aytilmoqda. Shuningdek, Filippening 1 yillik maoshi – taxminan 12 mln yevro ham xaridor klub zimmasida bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvda «Bavariya» Koutinoni 120 mln yevroga to‘la transfer qilish huquqiga egaligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» braziliyalik yarimhimoyachini 2018 yil yanvarida «Liverpul»dan 120 mln yevroga sotib olgan, xarid bitimida yana 40 million yevro bonus shaklida to‘lanishi mumkinligi belgilangan edi.

Koutino «ko‘k-anorranglilar» tarkibida jami 76ta o‘yin o‘tkazib, 21ta gol va 11ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz