Узбек O'zbek
Ibrahimovichdan yana dubl. Bu gal u bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan jamoasini qutqardi
Yakshanba, 18 Avgust
2822

«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich MLS`ning navbatdagi turida ham maydonni golsiz tark etmadi.

«Sietl Saunders»ga qarshi kechgan o‘yinda Ibra 6-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan jamoasining ikkala goliga ham muallif bo‘ldi.

U 45-daqiqada, raqib hisobni ochganidan 3 daqiqa o‘tib boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. 65-daqiqada esa penaltidan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 82-daqiqadagi avtogoldan tufayli mezbonlar g‘alabani boy berdi – 2:2.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan o‘tgan turda «Dallas» bilan o‘yinda ham (2:0) jamoasining ikkala goliga muallif bo‘lgandi.

37 yoshli shved MLS`ning bu mavsumida 21ta o‘yinda 20ta gol urdi. Shunga qaramay u to‘purarlar ro‘yxati peshqadami meksikalik Karlos Veladan to‘rtta golga ortda qolmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz