Узбек O'zbek
Xavi murabbiy sifatida ilk sovrinni qo‘lga kiritdi
Yakshanba, 18 Avgust
5333

«As-Sadd» Qatar superkubogida g‘olib chiqdi.

Shayx Jassim kubogi uchun uchrashuvda Xavi jamoasi «Al-Duhayl»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yindagi yagona gol 14-daqiqada Ali Asad hisobiga yozildi.

Shu tariqa, Xavi murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi. 39 yoshli mutaxassis may oyida futbolchilik faoliyatini yakunlab, o‘zi 3 yildan buyon o‘ynab kelgan jamoada bosh murabbiy sifatida ish boshlagan edi.

Kechagi uchrashuvda «As-Sadd» Qatar chempioni, «Al-Duhayl» esa mamlakat kubogi sohibi sifatida maydonga tushdi.

Bu ikki jamoa OCHL nimchorak finalida ham o‘zaro ro‘baro‘ kelgan, ilk o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilib, o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida «As-Sadd» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Xavi shogirdlari chorak finalda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, kecha «As-Sadd» o‘z tarixida 15-marotaba Qatar superkubogi sohibi bo‘ldi. Bu – mutlaq rekord natija bo‘lib, keyingi o‘rindagi «Al-Arabi» hisobida 6ta chempionlik bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz