Узбек O'zbek
Forlan: «Ronaldu kiyinish xonasida egoist, kuni bilan ko‘zguga qaragani qaragan edi»
Yakshanba, 18 Avgust
11464

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Diyego Forlan bu klubda 7-raqamda o‘ynagan ikki yulduz – Devid Bekhem va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

«Bekhemdan farqli o‘laroq, Ronaldu kiyinish xonasida egoist edi. Krishtianu doim oynaga yaqin joyda bo‘lishni xohlardi. Ertalabdan kechgacha ko‘zguga qaragani qaragan edi», – dedi Forlan Mirror`ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Forlan 2002-2004 yillarda «MYU»da o‘ynagan; 2003 yil yozida Bekhem «Real»ga o‘tgan va «Yunayted» Ronalduni sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Diyego faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz