Узбек O'zbek
Eriksen «Tottenhem» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
Yakshanba, 18 Avgust
2571

Kristian Eriksen «Tottenhem» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Londonliklar klubi futbolchiga yiliga 10 million yevro (haftasiga 200 ming funt) miqdorida maosh to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo kelishuvga erisha olmagan..

AS nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli daniyalik futbolchi yana bir mavsum «shporlar» safida to‘p suradi, keyingi yil yozida esa erkin agent sifatida jamoani tark etadi.

Eriksenga ayni vaqtda «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «Real» klublaridan qiziqish mavjud. Futbolchining o‘zi Madrid variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Bundan avvalroq, «Real» uni shu yozdayoq 66 million funtga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eriksen «Tottenhem»da 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda, havbek klub uchun jami 278 o‘yin o‘tkazib, 66 gol muallifiga aylangan.

O‘tgan mavsumda Eriksen «Tottenhem» safida 51 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urgan va 17 golga uzatma bergan. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz