Узбек O'zbek
OKMK futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini 4-o‘rinda yakunladi
Shanba, 17 Avgust
2588

Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetmoqda.

Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning OKMK klubi himoya qildi. 

Olmaliqliklar uchinchi o‘rin uchun bahsda Vetnamning «Tay Son Nam» klubi bilan bellashib, 1-bo‘limdan keyin 3:1 hisobida oldinda bo‘lishiga qaramay, yakunda 4:6 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

Natijada OKMK musobaqani 4-o‘rinda yakunladi. Bu jamoa tarixidagi eng yaxshi natijadir.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
17 avgust
3-o‘rin uchun bahs
Tay Son Nam (Vetnam) – OKMK (O‘zbekiston) 6:4
Gollar: Shimizu (5, 37, 40), avtogol (24), Pxi (27), Huy (28) - Usmonov (1), Odilov (2), Ropiyev (6), Choriyev (34)

Final
16:00 Nagoya Oushens (Yaponiya) – Mis Sungun (Eron)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz