Узбек O'zbek
Jeydon Sancho «Borussiya»ni tark etadi – u «Real»ning nishonida
Shanba, 17 Avgust
4579

«Borussiya Dortmund» yarimhimoyachisi Jeydon Sancho kelasi yil yozida klubni tark etishni rejalashtiryapti.

Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchi kuchliroq ligalarda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi. 

Nemis klubi rahbariyati Sanchoga o‘rinbosar izlash ishlarini boshlab yuborgan. Klub uni kamida 100 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Sancho xizmatiga «Real» jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda 19 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 43ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 19ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz