Узбек O'zbek
«Inter» Lukakudan norozi
Shanba, 17 Avgust
10659

«Inter» klubi hujumchi Romelu Lukakuning ortiqcha vaznidan norozi, deb yozadi Football Italia.

65 million yevro evaziga «Manchester Yunayted»dan transfer qilingan belgiyalik to‘purar semirib ketgan va 104 kg vaznga ega.

«Neradzurri» rahbariyati uning ozishini va ko‘pi bilan vazni 100 kg bo‘lishini istayapti. 

Lukaku parhez qilmoqda va dam olish kunlari ham qo‘shimcha dastur asosida shug‘ullanyapti. U jismoniy holatini tiklab olishga urinmoqda.

«Inter» chempionatning ilk turini 26 avgust kuni «Lechche»ga qarshi o‘tkazishi lozim. Lukakuning bu o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.

O‘tgan mavsumda futbolchi «Manchester Yunayted» tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz