Узбек O'zbek
Sardor Rashidov o‘rtoqlik o‘yinida dubl qayd etdi
Juma, 16 Avgust
4311

«Qatar SK» «Ash-Shamal»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 4:0 hisobida g‘alaba qozondi, jamoaning o‘zbekistonlik legioneri Sardor Rashidov dublga erishdi.

Doha shahri klubidan dastlab Ali Avad va Abdul Aziz Odil bittadan to‘p kiritdi, asosiy tarkibda tushgan Rashidovning gollari esa hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Madrid yig‘ini vaqtida mahalliy «Internasonal de Madrid»ga qarshi nazorat o‘yinida ham (1:2) gol muallifi bo‘lgandi.

28 yoshli hujumchi o‘tgan oy «Qatar SK» a’zosiga aylangan edi. Iyulda jamoaga ispaniyalik Karlos Alos yangi bosh murabbiy etib tayinlangan.

«Qatar SK» o‘tgan mavsumni Yulduzlar ligasida 11-pog‘onada yakunlab, pley-off bahslari orqali yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolgan edi. Jamoa Qatar chempionatining yangi mavsumi ilk turini 21 avgust kuni amaldagi vitse-chempion «Al-Duhayl»ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz