Узбек O'zbek
«MYU» Maguayrni 87 mln yevroga sotib olishdan oldin boshqa himoyachi uchun 90 million taklif qilgan
Juma, 16 Avgust
6164

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin edi, deb yozadi Calciomercato.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» senegallik yulduz uchun 90 mln yevro taklif qilishgan, ammo rad javobini olishgan.

Neapol klubi Kulibalini bu narxga sotishga rozi bo‘lganida, u futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylangan bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, yakunda bu maqom Harri Maguayrga nasib qildi. «Yunayted» uning uchun «Lester»ga 87 mln yevro to‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz