Узбек O'zbek
Bundesliga startda. Dortmund bu safar bavar qirolini taxtdan ag‘daradimi?
Juma, 16 Avgust
3944

Bugundan Germaniyada ham yangi mavsum boshlanadi.

Bundesliga. 1-tur
«Bavariya» — «Herta». 16 avgust. Myunxen. «Allyans Arena» stadioni.
«Borussiya» D — «Augsburg». 17 avgust. Dortmund. «Signal Iduna Park» stadioni.
«Bayer» — «Paderborn». 17 avgust. Leverkuzen. «BayArena» stadioni.
«Volfsburg» — «Kyoln». 17 avgust. Volfsburg. «Folksvagen Arena» stadioni.
«Verder» — «Fortuna». 17 avgust. Bremen. «Vezershtadion» stadioni.
«Frayburg» — «Mayns». 17 avgust. Frayburg. «Shvarsvald-Shtadion» stadioni.
«Borussiya» M — «Shalke». 17 avgust. Menxengladbax. «Borussiya-Park» stadioni.
«Ayntraxt» F — «Hoffenxaym». 18 avgust. Frankfurt-na-Mayne. «Kommersbank-Arena» stadioni.
«Union» — «Leypsig». 18 avgust. Berlin. «Stadion An der Alten Forsterei» stadioni.

Dortmundliklar yuragidagi zirapcha
Ikki hafta muqaddam Dortmundning «Borussiya»si «Der Klassiker»da g‘alaba qozongan va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgandi. Umuman, bu Lyusen Favrning «Bavariya» ustidan tipik g‘alabasi bo‘ldi. Myunxenliklar o‘yinning aksar vaqtida to‘pga egalik qilishdi, ammo «arilar»ning shitob bilan uyushtirgan hujumlari o‘tkazib yuborildi. Endi «Bavariya» o‘z xatolaridan xulosa chiqarib, bu jamoaga qarshi o‘yinga boshqacharoq tayyorgarlik ko‘rishi mumkin, ammo o‘tgan mavsumda yuragida alam qolgan «Borussiya»ga qarshi turish oson bo‘lmaydi.

Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumning birinchi qismida «Borussiya» mukammal jamoadek ko‘ringandi. Dortmundliklar 16-turga qadar mag‘lubiyatga uchrashmadi, qishki chempion bo‘lishdi, fevralda ikkinchi o‘rindagi «Bavariya»dan 9 ochko ko‘p jamg‘argan holda ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan va amalda chempionlik masalasi hal bo‘lgandek, «Kumush tovoq» bu safar Dortmundga ketadigandek edi. Ammo nemis futbolidagi asosiy sovrin bu safar ham, qatorasiga yettinchi marta Myunxenga yo‘l oldi.

«Bavariya» qayta qurish davrida ham sovringa ega chiqdi - buning uchun jamoa o‘z vazifasini qilishi kifoya bo‘ldi. «Borussiya» esa «Nyurnberg» va «Augsburg» kabi oson raqiblarga qarshi o‘yinlarda qoqildi, bavarlar birinchi o‘ringa qaytishga imkon berganida esa o‘z uyida «Shalke»ga qarshi Rur derbisida mag‘lubiyatga uchradi, Bremendagi o‘yinda ikki to‘p farqidagi ustunlik boy berildi, yakunda «Borussiya» Dortmund myunxenliklardan ikki ochko ortda qolib ketdi (78ga 76).

Xatolar ustida ishlash
Favr ixtiyoridagi tarkib hajman ham, sifat jihatidan ham sezilarli darajada kuchaydi, jamoa asosiy ijrochilarini saqlab qoldi. Birinchi yorqin mavsumdan keyinoq «Barselona» «qopqoni»ga tushgan Usmon Dembeledan farqli o‘laroq Jeydon Sancho Germaniyada qolishga qaror qildi, holbuki unga vatanida, «MYU» quchoq ochib kutib olishga tayyor edi. «Borussiya»ga Kristian Pulishichning transferidan tushgan mablag‘lar (amerikalik yosh yarimhimoyachi «Chelsi»ga 64 million yevroga sotilgandi) tarkibni kuchaytirish uchun yetarli bo‘ldi. Bu pulga Germaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan himoyachi Niko Shuls («Hoffenhaym»dan), ikki nafar sifatli havbek - Yulian Brandt («Bayer») va Torgan Azar («Borussiya» M) sotib olindi. Qo‘shimcha xarajatlar ham qilindi, ammo «Borussiya» baribir transferlardan plyus bilan chiqdi, Favrga kerak bo‘lmagan futbolchilar sotib yuborildi - Kagava, Filipp, Rode, Emer Toprak, Shyurrle, Isak va Tolyan.

Bu futbolchilar sotuvidan tushgan mablag‘lar 33,5 million yevroni tashkil etdi (ijaradan tushgan pullar hisobga olinmaganda). Dialloning sotuvi - dortmundcha biznesga yana bir misol. O‘tgan yozda u «Mayns»dan 28 million yevroga sotib olingandi va u Zagadu bilan birga himoya qo‘rg‘onini tashkil etdi. Bir yil o‘tib esa fransuz futbolchi «PSJ»ga 31 million yevroga pullandi, bu pulga «Bavariya»dan Mats Hummels olib kelindi. Germaniyada ko‘plar haligacha Yoaxim Lyov ushbu himoyachi xizmatlaridan voz kechganiga tushunishmaydi. Dortmundliklar esa o‘tgan mavsumda «Alyan Arena»da «Bavariya»ga qarshi muhim o‘yinda aynan shu himoyachining fenomenal harakatlari tufayli 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin uni qaytarish haqida o‘ylab qolgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz