Узбек O'zbek
Azar qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Juma, 16 Avgust
12366

«Real» vingeri Eden Azar yaqin 3-4 hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi, deb yozadi Marca.

Azar bugungi mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Klub rasmiy saytiga ko‘ra, tibbiy tekshiruv 28 yoshli futbolchining o‘ng oyog‘i sonidan shikastlanganini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Azar «Real»ga mavsumlar oralig‘ida «Chelsi»dan 100 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Bu qiymat bonuslar bilan oshishi ham mumkin.

«Qaymoqranglilar» ertaga – 17 avgust kuni La Liga doirasida 1-tur o‘yinini «Selta» maydonida o‘tkazadi. O‘yin Vigo shahridagi "Balaidos" o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz