Узбек O'zbek
Yaponiya klubi tarkibida 41 va 52 yoshli futbolchilar maydonga tushdi
Payshanba, 15 Avgust
2552

Yaponiya Kubogidan o‘rin olgan «Yokogama Marinos» va «Yokogama» (1:2) klublari o‘rtasidagi o‘yinda qiziq holat yuz berdi.

Mehmonlarning asosiy tarkibida maydonga 52 yoshli Kadzuyoshi Miura va 41 yoshli Shunsuke Nakamura tushdi.

Qayd qilish joizki, Miura dunyoning amaldagi shartnomaga ega yoshi eng ulug‘ futbolchisi hisoblanadi. U faoliyatida Yaponiya, Braziliya, Italiya, Xorvatiya va Avstraliya klublarida o‘ynagan.

O‘z navbatida Nakamura Yaponiyaning bir qancha klublari, shuningdek «Seltik», «Espanol» va «Rejina» klublari sharafini himoya qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz