Узбек O'zbek
Pozitsiyalar bo‘yicha YeCHLning o‘tgan mavsum laureatligiga nomzodlar ma’lum qilindi
Payshanba, 15 Avgust
5491

UEFA turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tgan mavsum laureati bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.

Yevropada 2018/19 mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar sifatida Virjil van Deyk, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ko‘rsatilgan.

Chempionlar ligasi bo‘yicha boshqa yo‘nalishlardagi nominantlar quyidagilar:

«Mavsumning eng yaxshi darvozaboni»: Alisson Beker, Ugo Loris, Mark-Andre ter Shtegen

«Mavsumning eng yaxshi himoyachisi»: Trent Aleksander-Arnold, Matteys de Ligt, Virjil van Deyk

«Mavsumning eng yaxshi yarimhimoyachisi»: Frenki de Yong, Kristian Eriksen, Jordan Henderson

«Mavsumning eng yaxshi hujumchisi»: Sadio Mane, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu

«Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi: Lyusi Bronz, Ada Hegerberg, Amandin Anri (uchalasi ham «Lion» a’zosi)

Shuningdek, Yevropa ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar uchligi ham ma’lum: Olive Jiru, Eden Azar, Luka Yovich.

YeCHL nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar 29 avgust kuni Monakoda, musobaqaning yangi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida ma’lum qilinadi.

30 avgustda esa Yevropa ligasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi taqdirlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz