Узбек O'zbek
OKMK futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finaliga chiqolmadi, ammo bronza medali uchun kurashadi
Payshanba, 15 Avgust
3071

Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. 

Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning OKMK klubi himoya qilyapti. 

Olmaliqliklar yarimfinalda musobaqaning amaldagi g‘olibi bo‘lmish Eronning «Mis Sungun» klubiga 3:7 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

Endi OKMK uchinchi o‘rin uchun bahsda Vetnamning «Tay Son Nam» klubi bilan bellashadi. Eslatib o‘tamiz, bu ikki jamoa guruh bosqichida bir-biri bilan to‘qnash kelgan va olmaliqliklar 1:4 hisobida yutqazishgan edi.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
1/2 final
15 avgust
Nagoya Oushens (Yaponiya) – Tay Son Nam (Vetnam) 3:1

Mis Sungun (Eron) – OKMK (O‘zbekiston) 7:3
Gollar: Asqariy (9, 32), Farhod Fahim (12), Shajariy (14), Javid (16, 36,36) – Akbar Usmonov (18), Davron Choriyev (19), Dilshod Rahmatov (32) 
Mis Sungun: 1.Said Mo‘miniy, 2.Alirizo Samimiy (ikkalasi ham darvozabon), 3.Muhammad Hojizoda, 4.Uesli Machado, 5.Muhammad Shajariy, 6.Alirizo Vafoiy, 7.Farhod Fahim, 8.Salar Agapur, 10.Babak Nosiriy, 11.Abulqosim Oroujiy, 12.Alirizo Asqariy, 13.Shahab Shahnoziyon, 14.Mahdiy Javid.
Bosh murabbiy: Ismoil Tagipur

OKMK: 1.Rustam Umarov (darvozabon, sardor), 4.Ixtiyor Ropiyev, 5.Ilhomjon Hamroyev, 6.Husniddin Nishonov, 7.Dilshod Rahmatov. 
Zaxira: 2.Abbosbek O‘lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron Choriyev, 9.Alan Aminov, 11.Temur Berdiyev, 13.Islombek Biyto‘rayev.
Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov
Ogohlantirish: H.Nishonov 14
Chetlatish: H.Nishonov 16

17 avgust
3-o‘rin uchun bahs
Tay Son Nam (Vetnam) – OKMK (O‘zbekiston) 
Final
Nagoya Oushens (Yaponiya) – Mis Sungun (Eron)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz