Узбек O'zbek
Starrijda o‘ndan ortiq klubdan taklif bor
Chorshanba, 14 Avgust
4165

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Deniel Starrijda kamida 13ta klubdan taklif bor, deb xabar tarqatdi The Telegraph.

Erkin agent maqomidagi 29 yoshli ingliz faoliyatini Yevropada, AQSHda yoki Yaqin Sharqda davom ettirish uchun variantlarga ega.

Jumladan, Starrijning xizmatlariga «Betis», «Bolonya», «Marsel», «Beshiktosh», «Atlanta Yunayted» va boshqa jamoalar, jumladan Qatar klublari qiziqish bildirishmoqda.

Masalan, «Beshiktosh» unga yillik 9 mln funt yoki haftasiga 60 ming taklif qilgan.

Deniel kelajagi bo‘yicha shu hafta bir qarorga kelishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Starrij o‘tgan mavsum APLning 18ta o‘yinida 2ta gol urib, bir golga assistentlik qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz