Узбек O'zbek
Saloh Gvardiolaning APL va YeCHL g‘olibligini taqqoslaganiga munosabat bildirdi
Chorshanba, 14 Avgust
7769

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning APLda g‘olib chiqish YeCHLda g‘alaba qozonish qiyinroq, degan fikriga qo‘shilmasligini bildirdi.

«Ochig‘i, Gvardiola bunday deganini bilmagandim, lekin menimcha, unga ikki musobaqadan birining g‘olibligi taklif qilinsa, u YeCHLni tanlagan bo‘lardi.

Bu – mening fikrim. Men Gvardiola haqida emas, o‘z fikrimni gapiryapman. YeCHL – futboldagi eng katta musobaqa, shuning uchun har bir futbolchi, har bir murabbiy uni yutishni orzu qiladi.

Albatta, APL ham katta turnir, lekin Chempionlar ligasi – eng kattasi», – dedi Saloh CNN`ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiola: «YeCHLni yuta olmadingiz», deganlarga aniqlik kiritib o‘taman – men Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istagan bo‘lardim, lekin aynan chempionat futbolchilarni sening ortingdan ergashishga undaydi, chunki bu turnirda har uch kunda g‘alabaga erishish imkoni bor.

Jamoa mag‘lubiyatga uchraganda o‘yinchilar senga ishonmay qo‘yishadi. Chempionat hammasini joy-joyiga qo‘yib qo‘yadi. Mana shuning uchun ham Angliya chempionati mutlaq ustuvor vazifa bo‘lgan edi.

Angliyada chempion bo‘lish juda qiyin. Isbot sifatida aytish mumkinki, oxirgi 11 yil ichida ilk marta chempion klub sovrinni o‘ziga saqlab qola oldi. Ayni shu paytda «Barselona» buni bir necha marta uddaladi», – deb ta’kidlagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz