Узбек O'zbek
«Roma» «Chelsi» hujumchisini ijaraga olmoqchi
Chorshanba, 14 Avgust
2333

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Mishi Batshuayi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. 

Jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida yozishicha, belgiyalik hujumchi borasida «Roma»dan taklf tushgan. «Bo‘rilar» 25 yoshli futbolchini keyingi yil sotib olish huquqi bilan ijaraga olishlari kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu transfer «Inter»ga o‘tishi kutilayotgan Edin Jekoning transferiga bog‘liq emas.

Batshuayi «Chelsi»ga 2016 yili «Marsel»dan 39 mln yevro evaziga o‘tgan. Hujumchi 2017/18 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Dortmundning «Borussiya»sida ijarada o‘tkazgan. O‘tgan mavsum esa «Valensiya» va «Kristal Pelas» jamoalarida vaqtincha o‘ynab, 36 o‘yinda 9ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz