Узбек O'zbek
«PSJ» Neymarni mashg‘ulotlardan chetlatdi
Chorshanba, 14 Avgust
6790

«Pari Sen-Jermen» klubi rahbariyati braziliyalik hujumchi Neymarni mashg‘ulotlardan chetlatdi.

Esporte Interativo xabariga ko‘ra, 14 avgust kuni 27 yoshli futbolchi asosiy guruhdan alohida shug‘ullangan.

«PSJ» klubi futbolchining taqdiri, ya’ni boshqa klubga transferi masalasi uzil-kesil hal bo‘lmaguncha shu qarorida qat’iy turmoqchi. Bu bilan uning jarohat olish ehtimoli pasaytirilmoqchi.

Avvalroq Neymarning transferiga «Real» va «Barselona» klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan. Uning shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz