Узбек O'zbek
OKMK futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarimfinaliga chiqdi
Chorshanba, 14 Avgust
3577

Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. 

Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning OKMK klubi himoya qilyapti. 

Olmaliqliklar chorakfinalda mahalliy «Port FK» klubiga duch kelishdi va qiyin kechgan bahsda 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Endi OKMK yarimfinalda Eronning «Mis Sungun» klubi bilan bellashadi.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
1/4 final
14 avgust

Nagoya Oushens (Yaponiya) – Vamos Mataram (Indoneziya) 3:1

Tay Son Nam (Vetnam) – Shenjen Nanling (Xitoy) 5:1

Bank of Beyrut (Livan) – Mis Sungun (Eron) 2:3 (q.v.)

Port FK (Tailand) – OKMK (O‘zbekiston) 3:4
Gollar: Osamanmusa (39, 40, 40) - Davron Choriyev (3, 40), Ilhom Hamroyev (26), Akbar Usmonov (35)

1/2 final
15 avgust
Nagoya Oushens (Yaponiya) – Tay Son Nam (Vetnam) 

Mis Sungun (Eron) – OKMK (O‘zbekiston)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz