Узбек O'zbek
Nevill: «Kafolat beraman, «Manchester Yunayted» yana chempion bo‘ladi»
Chorshanba, 14 Avgust
2783

«Manchester Yunayted» afsonasi Gari Nevill «qizil iblislar» tez orada yana APL g‘olibi bo‘lishiga ishonayotganini aytdi.

«Hayotimning dastlabki 18 yilida «Manchester Yunayted» birorta chempionlik sovrinini yutmagan. Ammo keyingi 20 yoki 25 yil qoyilmaqom bo‘ldi. Bu ertakka o‘xshardi. Hozir buni takrorlash qiyin. Men: «Agar ular bu yil chempion bo‘lmasa, agar ular keyingi yil chempion bo‘lmasa, agar ular mana bu o‘yinchi bilan shartnoma imzolamasa…», deb o‘ylab o‘tiradiganlardan emasman.

«Manchester Yunayted»dagi vaziyat klub rahbariyatining va skautlar bo‘limining kichik xarajatlari, yaxshi qarorlari bilan o‘nglanishi mumkin. Natijada klub transfer siyosatida to‘g‘ri yo‘lga tushib oladi. Ularda ajoyib murabbiy bor, umid qilamanki, Sulsher klubda qoladi va jamoa yana g‘alaba qozonishni boshlaydi. Men «Manchester Yunayted» yana chempionatni yutishiga kafolat beraman. Ehtimol, «Liverpul»dan avvalroq yutadi», – deb Nevillning so‘zlarini keltiradi Metro.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz