Узбек O'zbek
«Monako» «Yuventus»ning biryo‘la ikki futbolchisini olmoqchi
Chorshanba, 14 Avgust
5184

«Monako» «Yuventus» bilan yarimhimoyachi Blez Matyuidi va himoyachi Daniyele Rugani transferlari yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Bungacha Rugani «Roma»ga ijara asosida o‘tishga yaqinligi haqida aytilgandi. Ammo manbaning xabariga ko‘ra, «Monako» 25 yoshli himoyachi uchun 35 mln yevro to‘lashga tayyor, faqat Daniyele transferga rozilik berishi kerak. Shuningdek, monegaskliklar Turin klubidan ketishni rejalashtirayotgan fransiyalik yarimhimoyachi Blez Matyuidiga ham qiziqmoqda.

Rugani «Yuventus»ga «Empoli»dan 2015 yil fevralida 5 mln yevro evaziga o‘tgan. U o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 15ta o‘yinda qatnashib, 2ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan va 3 marta sariq kartochka olgan.

Matyuidi esa o‘z yurtida «Trua», «Sent-Eten» va «Pari Sen-Jermen» jamoalari sharafini himoya qilgan. Yarimhimoyachi parijliklar tarkibida 6 mavsum to‘p tepgach, 2017 yili «Yuventus»ga o‘tgan va turinliklar bilan 4ta sovrinni yutib olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz