Узбек O'zbek
Lempard: «Azarning o‘rnini to‘ldirish imkonsiz»
Chorshanba, 14 Avgust
1864

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Liverpul»ga qarshi UEFA Superkubogi oldidan «Real»ga o‘tib ketgan Eden Azar haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Men «Chelsi» muxlisi sifatida Azarning ashaddiy ishqibozi edim. U men uchun, so‘zsiz, jahon futbolidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri. Azar
«Chelsi»dagi eng sermahsul futbolchi edi. Uning o‘rnini to‘ldirish mumkin emas. Azarning yuqori darajadagi o‘yinini boshqalardan kutish imkonsiz.

Ammo biz xotirjamlikni saqlab qolishimiz va sabrli bo‘lishimiz kerak. Bizda o‘zini ko‘rsata oladigan yosh va tajribali futbolchilardan iborat jamoa bor. Biz o‘z yo‘limizda davom etishimiz kerak, chunki «Chelsi» doim «Chelsi» bo‘lib qoladi», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi Goal.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul»-«Chelsi» uchrashuvi bugun Istanbuldagi «Vodafon Park»da, Toshkent vaqti bilan payshanbaga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz