Узбек O'zbek
La Liga to‘purarlaridan biri «Monako»ga o‘tdi
Chorshanba, 14 Avgust
1947

«Sevilya» hujumchisi Uissom Bin-Yedder «Monako»ga o‘tdi.

Monegasklar klubi rasmiy saytiga ko‘ra, 29 yoshli fransuz bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.

OAVda transfer 40-45 mln yevroga amalga oshgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Bin-Yedder uchun muvaffaqiyatli kelgan, u La Liganing 35ta turida qatnashib, 18ta gol urgan va 9ta golga hammuallif bo‘lgan edi. Yakunda «Sevilya» 6-o‘rinni olib, Yevropa ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, andalusiyaliklar Uissomni 2016 yilda «Tuluza»dan 9 mln yevroga sotib olishgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz