Узбек O'zbek
Futzal. O‘zbekiston Osiyo chempionati saralashida Tojikiston, Nepal va Afg‘oniston bilan o‘ynaydi
Chorshanba, 14 Avgust
678

Futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati 2020 yilda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi. Unga saralash esa joriy yilning oktyabr oyida o‘tkaziladi.

O‘FA xabariga ko‘ra, qur’aga asosan O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan o‘rin oldi. Bahodir Ahmedov jamoasiga guruhda Tojikiston, Nepal va Afg‘oniston terma jamoalari raqiblik qiladi.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari

Markaziy va Janubiy mintaqa

“A” guruhi
O‘zbekiston
Tojikiston
Nepal
Afg‘oniston

“B” guruhi
Eron
Qirg‘iziston
Turkmaniston

Bu mintaqa saralash bahslariga Eronning Urmiya shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Barcha uchrashuvlar Urmiyadagi “Gadir Hall” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

Saralash o‘yinlari taqvimi: 

23 oktyabr, chorshanba
Turkmaniston – Eron
Tojikiston – Nepal
O‘zbekiston – Afg‘oniston

24 oktyabr, payshanba
Qirg‘iziston – Turkmaniston
Afg‘oniston – Tojikiston
Nepal – O‘zbekiston

25 oktyabr, juma
Eron – Qirg‘iziston
Nepal – Afg‘oniston
O‘zbekiston – Tojikiston

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi saralashga tayyorgarlik doirasida 29 avgust - 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida Chkalov kubogida qatnashadi, 4-8 sentyabrda esa Indoneziyada o‘tadigan xalqaro musobaqada Iroq, Indoneziya va Xitoy Taypeyi termalariga qarshi maydonga tushadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz