Узбек O'zbek
Danilo: «Ronaldudan 7-raqamni so‘radim, lekin bu raqam allaqachon band edi»
Chorshanba, 14 Avgust
7214

«Yuventus»ning yangi himoyachisi Danilo Turin klubiga kelmasidan oldin jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan gaplashgani haqida aytib berdi.

«Bu yerga kelmasimdan oldin u bilan gaplashgandim. 7-raqamni olgim kelayotganini aytdim, lekin bu raqam allaqachon band edi.

Ronaldu «Yuventus» haqida juda iliq fikrlar aytdi. U bilan birga o‘ynash qo‘shimcha ishtiyoq bag‘ishlaydi. Ronalduda g‘ayrat jo‘shib turganini sezdim. U klub haqida xuddi o‘z oilasi to‘g‘risida gapirgandek gapirdi, bu esa menga umid bag‘ishladi. Undan bu fikrlarni eshitganim juda yaxshi bo‘lgan ekan», – degan Daniloning so‘zlarini keltirdi Goal.

Eslatib o‘tamiz, «Yuve» braziliyalik futbolchini «Manchester Siti»dan 37 mln yevroga sotib oldi. O‘z navbatida, ingliz klubi himoyachi Joau Kanseluni turinliklardan 65 millionga xarid qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz