Узбек O'zbek
Balotelli Italiya chempionatiga qaytishga yaqin
Chorshanba, 14 Avgust
1909

Erkin agent maqomidagi italiyalik hujumchi Mario Balotellining qaysi jamoada o‘ynashi aniq bo‘ldi.

Jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi faoliyatini o‘z yurtida – «Breshia» klubida davom ettiradi.

Mario yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 1 mln yevro maosh oladi. Bu qiymat bonuslar bilan birga 3 mln yevroga yetishi mumkin.

Bungacha Balotellining «Flamengo» jamoasiga o‘tishi va Braziliya chempionatidagi ilk italiyalik bo‘lishi taxmin qilinayotgan edi.

Mario o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Marsel»da o‘tkazdi. Faoliyati davomida «Inter», «Manchester Siti», «Milan», «Liverpul» va «Nitssa» jamoalarida ham o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz