Узбек O'zbek
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi ikki xalqaro turnirda qatnashadi
Seshanba, 13 Avgust
1037

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 4-8 sentyabr kunlari Indoneziyada o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi.

O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, turnirga Indoneziya, Iroq va Xitoy Taypeyi termalari ham taklif etilgan.

Bahodir Ahmedov jamoasining o‘yinlari taqvimi quyidagicha:

6 sentyabr
Iroq – O‘zbekiston

7 sentyabr
Indoneziya – O‘zbekiston

8 sentyabr
O‘zbekiston – Xitoy Taypeyi

Kuzda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga tayyorlanayotgan O‘zbekiston termasi Indoneziyadagi musobaqadan oldin, 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o‘tadigan Chkalov kubogi turnirida ham qatnashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz