Узбек O'zbek
O‘zbekiston yoshlar jamoasi Tojikistonga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Seshanba, 13 Avgust
1981

Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (CAFA) chempionati davom etmoqda.

Turnirda bosh sovrin uchun O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston yoshlar jamoalari ham kurash olib borishyapti.

Ilk o‘yinda futbolchilarimiz Eron yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Ikkinchi bahsda futbolchilarimiz afg‘onistonlik yoshlar bilan bellashib, 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.

Uchinchi o‘yinda futbolchilarimizga musobaqa mezboni duch keldi. Afsuski bu bahsda ham hamyurtlarimiz 2:1 hisobida oldinda borayotib, yakunda g‘alabani boy berishdi.

CAFA U19 chempionati
9 avgust
O‘zbekiston U19 – Eron U19 0:2

10 avgust
Afg‘oniston U19 – O‘zbekiston U19 2:2
Gollar: Vojdiy (59), Muhammadiy (86) – Shamsiyev (11), Rafaelov (45+1)

13 avgust
O‘zbekiston U19 – Tojikiston U19 2:2
Gollar: Abdumajidov (29), Yo‘ldoshev (61) – Kamolov (5), Zoirov (77)

15 avgust
Turkmaniston U19 – O‘zbekiston U19

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz