Узбек O'zbek
Shomurodov golini «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishladi
Seshanba, 13 Avgust
5246

«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov «Krilya Sovetov» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Menga barcha gollarim yoqadi, ayniqsa, jamoam g‘alaba qozonganda. Shuning uchun, «Krilya» darvozasiga urgan golim ham ahamiyatli.

Gol urilgan vaziyatda Ionov ajoyib harakat qildi – to‘pni yaxshi uzatdi. Xorik Bayramyan to‘pni menga o‘tkazib yubordi, men esa oyog‘imni qo‘yishga ulgurdim. Men uchun gol urish juda muhim. Men hujumchiman, gol urish – mening ishim.

Golni «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlayman”, – Eldorning so‘zlarini keltiradi «Match TV». 

Hozirgi vaqtda Shomurodov «Krilya Sovetov» hujumchisi Sobolev va «Zenit» hujumchisi Zyuba bilan birgalikda to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda. Ularning hisobida 4tadan gol bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz