Узбек O'zbek
«Rostov» bosh murabbiyi: «Agar 50 mln to‘lashsa, shogirdimni o‘sha klubga o‘zim eltib qo‘yaman»
Seshanba, 13 Avgust
15164

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin klub joriy transfer oynasi vaqtida o‘z futbolchilarini sotish niyatida emasligini bildirdi.

«Qaysidir futbolchimizni yo‘qotishimiz mumkinligidan xavotirda emasmiz. Hech kimni sotmoqchimasligimiz haqida aytganmiz. Lekin bordiyu 50 million taklif qilishsa, o‘zim u o‘yinchini o‘sha klubga olib borib qo‘yaman», – dedi Karpin «Match Premer» telekanali efirida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoaning o‘zbekistonlik hujumchisi, yangi mavsumning 5 o‘yinida 4ta gol urgan Eldor Shomurodovga Moskvaning SSKA va Istanbulning «Galatasaroy» klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.

RPLda 5-turdan keyin «Rostov» 11 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Zenit» hisobida 13 ochko bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz