Узбек O'zbek
Rio Ferdinand: «Dibalaning «MYU»ga kelmagani yaxshi bo‘ldi»
Seshanba, 13 Avgust
4729

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand klub «Yuventus»dan hujumchi Paulo Dibalani sotib olmaganidan mamnunligini bildirdi.

«Oxirgi yillarda ko‘plab futbolchilar «MYU» taklifini qaytarishdi. Ular boshqa joyda o‘ynashni afzal bilishmoqda. Lekin Dibala «Yuventus» zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lsa, qanday qilib «Yunayted» taklifidan yuz burganini tushuna olmadim.

Balki u: «Men YeCHLda g‘olib chiqaman yoki zaxirada o‘tiraman. «MYU»ga o‘tganimdan ko‘ra shunisi afzal», deb o‘ylayotgandir.

Men uning kelmaganidan xursandman. Chunki men «Manchester Yunayted» futbolchilarida bo‘lishi kerak deb hisoblaydigan jihatlar unda yo‘q!

Men, «MYU» yana top-klub darajasiga qaytishi kerak, men shu yo‘lda katalizator bo‘lib berishim lozim», deb fikrlaydigan futbolchilar kelishini xohlayman», – dedi Ferdinand Daily Star`ga bergan intervyusida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz