Узбек O'zbek
«Real» Pogba transferi yuzasidan harakatlarini to‘xtatdi
Seshanba, 13 Avgust
3178

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba La Ligaga bu yil kelmaydigan bo‘ldi.

El Chiringuito ma’lumotiga ko‘ra, «Real» fransiyalik xavbek transferidan voz kechgan.

Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan 26 yoshli jahon chempionini o‘z qo‘l ostida ko‘rishni shaxsan istagan edi. Ammo klub rahbariyati uning uchun so‘ralgan 150 mln yevroni to‘lashga tayyor emas

Bundan oldin «Real» Pogba uchun «MYU»ga yarimhimoyachi Xames Rodriges va qo‘shimcha 30 mln yevro taklif etib, rad javobi olgani ma’lum bo‘lgan edi.

Shuningdek, Pol o‘z ustozi Ole-Gunnar Sulsher bilan suhbatlashib, yangi mavsumda kiyinish xonasida muammo keltirib chiqarmasligiga va’da bergani haqida ham xabarlar bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz