Узбек O'zbek
Niko Kovach: «Perishichni yoshi tufayli tanqid qilish noo‘rin»
Seshanba, 13 Avgust
1843

«Bavariya» bosh murabbiyi Niko Kovach «Inter»dan sotib olinayotgan 30 yoshli hujumchi Ivan Perishichni yoshi tufayli tanqid qilayotganlarga javob berdi.

«Ivan shu kunlarda Myunxenda bo‘lganini tasdiqlayman. Umuman olganda, uni tanqid qilishlarini noo‘rin deb hisoblayman. U o‘z vazifalarini yaxshi bajaryapti.

Uni yomon futbolchi deb o‘ylash mumkin. Effenberg ham «Bavariya»ga 30 yoshida kelib, jamoani Chempionlar ligasida g‘alabaga boshlab borgan.

Biz faqat yoshigagina e’tibor qarataverishni to‘xtatishimiz kerak. Keling, bu yigitlar nimalarga erishganiga va ular bizga qanday foyda keltira olishiga diqqat qilaylik», – degan Kovachning so‘zlarini keltirdi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ivan «Bavariya»da tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ma’lumot bo‘lgan edi.

Bungacha klublar Perishichning ijarasi masalasida kelishib bo‘lgani, «Bavariya» uni 20 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olayotgani aytilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz